Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari so‘nggi marta 2018-yilda mahalliy yo‘nalishlarda, 2019-yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdida qayta ko‘rib chiqilgan bo‘lib, oxirgi 4-5 yil mobaynida tariflar o‘zgarishsiz qolib kelmoqda.
2019-2022-yillar va 2023-yilning 9 oyi davomida Respublikamizda ish haqi miqdori 2.4 barobarga, elektroenergiya va yoqilg‘i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshgani, shuningdek, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlashni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Shu munosabat bilan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Yo‘lovchi tashish xo‘jaligidagi yo‘lovchi chiptalarni 2023 yilning 20 oktyabr sanasidan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50% ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxining 100%ga oshirilishini ma’lum qiladi.
"Hurmatli yo‘lovchilar, temir yo‘l xizmatlaridan foydalanayotganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda temir yo‘l sohasida olib borilayotgan islohotlarni to‘g‘ri qabul qilishingizni so‘raymiz!", deyiladi xabarda.