Yoʻlovchi tashish bozorini rivojlantirishda “Yandex Go” bilan hamkorlik qilinadi

    Transport 21 Fevral 2024 1033

    Joriy yil 20-fevralda Transport vaziri I. Maxkamov “Yandex Go” kompaniyalar guruhining elektron tijorat va logistika xizmatlari boʻyicha Bosh direktori D. Shuleyko boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda yoʻlovchi tashish bozorini rivojlantirish va tartibga solish bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.

    Shuningdek, yoʻl-koʻcha tarmoqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Yandex (xarita) tahlillaridan foydalanish, oʻz avtotransport vositalariga ega boʻlgan taksoparklar faoliyatini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.