Mamlakatimizda yo'lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari noyabr oyida yil boshidan buyon o'rtacha 5,8 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.
Shaharlararo avtobusda yo'l haqi narxlari noyabr oyida yil boshidan buyon o'rtacha 9,4 % ga qimmatlashgan.
2021-yilning yanvar-noyabr oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 55,2 % ni tashkil etgan, deb xabar beryapti Davlat statistika qo'mitasi axborot xizmati.