Toshkent viloyati Boʻka tuman IIB xodimlari ishga oydinlik kiritmaguncha yuqoridagi holat davom etgan.

IIBga kelib tushgan ariza yuzasidan oʻtkazilgan tadbir bu jarayon tovlamachilikdan boshqa narsa emasligini va uni 36 yoshli shaxs amalga oshirayotganligini koʻrsatgan. Va bu shaxs qoʻlga olinib, uning arizachidan talab qilib olgan 160 000 soʻm pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Boʻka tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha qoʻlga olingan fuqaro, ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.