Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati xabariga koʻra, hududda faoliyat yuritayotgan yoʻlovchi tashuvchi 115 uyushmadagi jamoat transportlari yoʻnalishga chiqishdan oldin nazorat tariqasida oʻrganib chiqildi va masʼul xodimlar, haydovchilar bilan suhbatlar oʻtkazildi.

Tadbir davomida alohida eʼtibor mexanik va shifokorlar ishiga qaratildi. Chunki, mexanikning oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashishi transport vositalarining texnik holatiga, shifokorning xizmati esa haydovchilarning salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshiradi.

Oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar yoʻnalishdagi “Diqqat, avtobus!” reyd tadbirlari bilan davom ettirildi. YPX inspektorlari yoʻlovchi tashuvchi uyushmalar haydovchilari tomonidan amaldagi “Yoʻl harakati qoidalari”ga qay tarzda rioya qilinayotgani tekshirildi. Reyd davomida jami 31 qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Inspektorlar tomonidan tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqargan 4 ta, odam tashish qoidalarini buzgan 12 hamda boshqa turdagi qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan 15 haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.