Yoʻlovchilar ATTO kartalariga oʻtib, bir oyda qancha pul tejagani maʼlum qilindi

    Jamoat transportida ATTO transport va virtual kartalari orqali 15,2 million toʻlov amalga oshirildi.

    Yoʻlovchilar ATTO transport va virtual kartalarida oʻtish tariflaridan foydalanib oʻz mablagʻlarini sezilarli miqdorda tejashmoqda, deb yozadi «Toshshaharyoʻlovchitarns« axborot xizmati.

    2025-yil yanvar oyida oʻtish tariflaridan foydalanish statistikasi:

    Jamoat transportida ATTO transport va virtual kartalari orqali 15,2 million toʻlov amalga oshirildi.

    • Avtobuslarda — 11,7 million;
    • Metropolitenda — 3,5 million

    Yoʻlovchilar yanvar oyi mobaynida oʻtish tariflari orqali 3,2 mlrd soʻm tejashdi.