Uchish-qo'nish yo'lagida suv to'planib qolganligi sababli 70 ga yaqin aviareyslar bekor qilindi va Frankfurtga uchayotgan 23 ta samolyot boshqa aeroportlarga yo'naltirildi.
Bundan tashqari, yomg'irdan keyin Germaniyaning markaziy va shimoli-g'arbiy qismidagi bir qancha ko'chalarga suv toshqini yuzaga keldi. Ba'zi joylarda binolarning kirish joylari, Gelzenkirxen shahrida avtomagistral suv ostida qoldi, deb xabar beradi mir24.tv.