Taʼkidlanishicha, ob-havo sharoiti kuzgi tunlam, shira, trips, zararli xasva kabi zararli hasharotlar, ildiz chirishi, gommoz va fuzarioz, monalioz, zang, sariq dogʼlanish, septorioz, un shudring, kalmaraz, qora bakterial rak va boshqa kasalliklarining rivojlanishiga olib keladi.
Hasharotlarning rivojlanishi va tarqalishini oldini olish uchun argotexnik tadbirlarni amalga oshirish, zararkunandaning xafvi miqdorini aniqlash uchun feromon tutqichlardan va entomofaglar, yaʼni foydali hasharotlardan foydalanish; iqtisodiy zarar yuqori boʼlganda kimyoviy preparatlarni qoʼllash tavsiya etiladi.
Biolaboratoriyalarda 2023 yil mavsumi uchun 1 milliard 376 million dona oltinkoʼz, 1 ming 498 kg trixogramma va 265 milliard dona brakon entomofaglari koʼpaytirilib, 226 ming gektardan ortiq gʼalla va boshqa ekin maydonlariga tarqatildi.