Yongʻin sodir boʻlgan binoning asosiy maydoni 45x16 kv.m ni tashkil qiladi. Yongʻin haqida dispetcherlik xizmati FVV viloyat boʻlimiga tezlik bilan xabar berdi. Yongʻin natijasida korxonaning 720 kv.m. maydonda tom qismi, ichki devorlari va ichidagi agregatlar qisman yongan.
Soat 04:40 da yongʻinning oldi olinib, 05:50 da batamom oʻchirildi. Yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq.
Yongʻinning gaz taʼminotiga taʼsirini bartaraf qilish maqsadida, “Oʻztransgaz” AJ markaziy dispetcherlik xizmati tomonidan zarur choralar koʻrildi va buning natijasida isteʼmolchilarga tabiiy gazni uzuluksiz yetkazib berilishi taʼminlandi.
Hozirda “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Oʻ. Nuriddinov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan hodisa sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Maʼlumot uchun, “KS-1 Kogon” kompressor stansiyasi 1964-yilda ishga tushirilgan. “KS-1” kompressor stansiyasida 4ta “N-280-11-6” rusumli (ishlab chiqaruvchi “DalEnergomash” zavodi, Rossiya Federatsiyasi) gaz haydash agregatlari bor. Ushbu gaz haydash agregatlari “STMP-4000-2” elektrodvigatel bilan boshqariladi.