Vazir razvedka ma'lumotlari va jamoatchilik baholarini keltirdi. “Buni to'xtatish kerak. Hozir ham to'rtta obyektdagi sentrifugalar yadroviy material ishlab chiqarishda davom etmoqda”, dedi u. Yechim sifatida Chon Don Yon KXDR va AQSh o'rtasida yadrosizlanish bo'yicha muloqotni qayta boshlashni taklif qildi.
Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In uning mamlakati yadro qurolidan voz kechish niyatida emasligini yana bir bor ta'kidlagan edi. U agar Amerika tomoni denuklearizatsiyaga intilishdan voz kechsa, Vashington bilan muloqot qilish mumkinligini ma'lum qildi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon BMT Bosh Assambleyasida so'zga chiqib, yadroviy dasturni muzlatish, arsenalni qisqartirish va yadroviy quroldan butunlay voz kechishni nazarda tutuvchi uch bosqichli yadrosizlanish strategiyasini qo'llab-quvvatlashini yana bir bor ta'kidladi. Shuningdek, u “Koreya yarim orolida sovuq urushni tugatish” uchun “almashinuv, normallashtirish va yadrosizlanish” konsepsiyasini taklif qildi, deb xabar berdi tass.ru.







