баннер
28 Mar 2025
18:25

    Yoqilgʻi narxini sunʼiy oshirgan BNQIZ va “GTL GAZ” jazolandi

    Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtgan 2024-yilda 165 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilgani boʻyicha 156 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.

    Jumladan, 55 ta holatda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlar sunʼiy oshirilishi bilan bogʻliq manipulyatsiya harakatlari sodir etilgani va buning natijasida 77,7 mlrd soʻm mablagʻlar asossiz olingani aniqlanib, ushbu mablagʻlarni qaytarish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

    Shuningdek, 94 ta xoʻjalik yurituvchi subyektga «Raqobat toʻgʻrisida«gi Qonuniga asosan moliyaviy jarimalar qoʻllanilgan.

    Jumladan,

    • Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan “BEKOBODSEMENT” AJ yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi sement mahsulotini birja savdolariga qoʻymasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotgan. Natijada, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilib, asossiz daromad olingan.
    • «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi« MCHJ tomonidan ham manipulyatsiya harakatlari amalga oshirilib, asossiz daromad olingani aniqlangan.
    • Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “GTL GAZ” MCHJ ham manipulyatsiya holatlarini sodir etib, asossiz daromad olganligi aniqlangan.

    Yuqoridagilarga koʻra, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllanildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech