Agar u bizning sayyoramizga tushsa, to'qnashuvdan olingan energiya trotil ekvivalenti 2,6 milliard tonnaga yetadi.
2007 FT3 asteroidi 2007-yilda kashf etilgan. Uning diametri 314 metr, og'irligi 54 million tonnaga teng.
Astronomlar uni bir necha soatgina kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishgan. Shundan so'ng u ko'rib bo'lmaydigan darajada xiralashgan va g'oyib bo'lgan. Shuning uchun bu asteroid ba'zan “yo'qolib qolgan” deb ataladi.
Shunga qaramay, olimlar koinot obyektini 14 nuqtada qayd etishga va uning orbitasining yo'nalishini hisoblashga muvaffaq bo'lishdi. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, uning Yerga yaqinlashishi 2024-yilning 3-mart kuni va 5-oktabrida sodir bo'lishi mumkin. Ushbu sanalarda to'qnashuv ehtimoli mos ravishda 1:10 million va 1:11,5 millionga baholangan.
NASA ekspertlari 2007 FT3 bevosita xavf tug'dirmasligini ta'kidlashdi. Biroq, olimlar potensial xavfli obyektlarni kuzatish va tasniflash uchun osmonni doimiy ravishda kuzatib borishadi. Yer orbitasidan 30 million (taxminan 48 million kilometr) milya masofada joylashgan jismlarga alohida e'tibor qaratiladi, deb xabar beradi mir24.tv.