Biroq Ziryanka aeroportiga yetib kelgan samolyot Kolima daryosidagi uchish-qo'nish yo'lagidan chiqib ketdi.
Samolyot bortida 30 yo'lovchi va 4 ekipaj a'zosi bo'lgan. Jabrlanganlar yo'q, samolyot zarar ko'rmagan. Yo'lovchilar aeroport terminaliga, farzandlari bilan uchganlar esa mehmonxonaga joylashtirildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hodisaga ekipajning samolyotni boshqarishdagi xatosi sabab bo'lgan. Federal havo transporti agentligining hududiy boshqarmasi ushbu fakt bo'yicha tekshiruv o'tkazishni buyurdi, deb xabar beradi tengritravel.kz.