Qushlarning ushbu noyob turlari Davlat ekologiya qoʻmitasi, “Amirliklarning yoʻrgʻa tuvaloqni asrash markazi” NNT hamda “Falcon Hunting Solutions” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Tabiat qoʻyniga 800 bosh qush uchirma qilingan boʻlib, ular Dubay amirligi hukumati tomonidan tashkil etilgan hamda moliyalashtiriladigan “Amirliklarning yoʻrgʻa tuvaloqni asrash markazi” da koʻpaytirilgan. Markaz oʻz faoliyatini boshlagandan buyon (2008-yil) jami 14 mingdan ziyod yoʻrgʻa tuvaloqlar tabiat bagʻriga uchirildi.

Eslatib oʻtamiz, yoʻrgʻa tuvaloqlar 2009-yilda Oʻzbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum choʻllarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan, deb xabar beradi Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati.