Turnir rapid shaxmat yoʻnalishida, shveytsarcha tizim asosida oʻtkazilib, 9 tur davomida eng kuchlilar aniqlandi.
Musobaqa gʻoliblari:
10 yoshgacha boʻlganlar toifasida:
- 1-oʻrin —Faxriddinova Yulduzxon
- 2-oʻrin — Yaqubjanov Otabek
- 3-oʻrin — Xayrulin Emilian
14 yoshgacha boʻlganlar toifasida:
- 1-oʻrin — Baxtiyrov Xusan
- 2-oʻrin — Ergashov Nurmuhammad
- 3-oʻrin — Maxmudov Sunnatillo
18 yoshgacha boʻlganlar toifasida:
- 1-oʻrin — Normoʻminov Uralbek
- 2-oʻrin — Ahmadxonov Abbosxon
- 3-oʻrin — Turgʻunboyev Sardor
Musobaqa nafaqat shaxmat mahoratini, balki iroda, mantiqiy tafakkur va sabrni sinab koʻrish maydoni boʻldi. Imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramay, yoshlar cheksiz intellekt va gʻalabaga boʻlgan ishonchini namoyish etdilar.
Ishtirokchilarning har biri Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi tomonidan alohida sovgʻalar bilan taqdirlandi, asosiy sovrindorlar esa monoblok, televizor va planshetlar bilan mukofotlandi.
“Yorugʻ kelajak” musobaqasi yana bir bor shuni koʻrsatdi: cheklangan imkoniyatlar – bu chegaralar emas, aksincha cheksiz intellekt va gʻalabaga boʻlgan ishonchdir!