Postanovkachi rejissyor Karash Janыshov, operator Chingiz Sulumbekovlar tomonidan ishlangan ushbu fil`m yosh ijodkorning izlanishlari haqida hikoya qiladi.

Mazkur kinokartina “Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida qirg'izistonlik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.

“Toshkentga yo'l” qisqa metrajli fil`mi yosh aktyor Shokir haqida bo'lib, bir kuni unga katta kinokompaniyadan qo'ng'iroq bo'ladi va fil`mga taklif etishadi. Shokir o'z kar`erasini boshlash uchun Toshkentga yo'l oladi.

Ma'lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Filippin, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog'iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.