Afgʻon urushi qurbonlari xotirasiga bagʻishlab oʻtkaziladigan musobaqada oʻzbekistonlik yosh charm qoʻlqop ustalari ham ishtirok etishadi. Xalqaro turnirda vatanimiz sharafini 10 nafar sportchimiz himoya qiladi.
Terma jamoamiz Komsomolsk shahriga quyidagi tarkib bilan yoʻl oldi:
-52 kg: Mirkomil Saidoxunov,
-56 kg: Lazizbek Yoʻldoshev,
-60 kg: Gʻofurjon Tohirov,
-64 kg: Bekzod Bekmurodov,
-69 kg: Samandar Solijonov,
-69 kg: Abdulaziz Rasulov,
-75 kg: Jasurbek Yoʻldoshev,
-81 kg: Sardor Rahmonberdiyev,
-91 kg: Nusratjon Toxirov,
+91 kg: Ali Nuranov.
Murabbiylar: Sirojiddin Naimov, Botirjon Mahmudov.
Shuningdek, hamyurtimiz Oʻktam Bozorov musobaqada hakam sifatida ishtirok etadi.