Ushbu turnirda 2 nafar yosh sportchimizning oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Nufuzli turnir davomida yurtimiz dzyudochi yoshlari Ozarbayjon, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkiya, Gruziya singari oʻnga yaqin davlat vakillari bilan murosasiz bellashuvlarda roʻbaroʻ keldi.
Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Oʻlmas Gulliyev murabbiyligidagi yosh dzyudochilarimizdan Samiyusuf Abbosov va Shohjahon Usmonov oʻz vazn toifalarida oltin medallarga sazovor boʻldi.
Yana boshqa iqtidorli oʻsmirlarimiz sovrindorlar qatoridan oʻrin egalladi.