Yosh ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

    Madaniyat 27 Dekabr 2021 1006

    Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Milliy kinematografiya – Yangi O'zbekiston timsoli” kino oyligi davom etmoqda.

    Kecha “O'zbekfil`m” pavil`onida “Yoshlik” kinostudiyasining 2021 yil sarhisobi hamda 2022 yil istiqbollariga bag'ishlangan rejalar bo'yicha yosh ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

    Unda yosh ijodkorlarning yangi kinoloyihalar yaratishdagi takliflari, shuningdek, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) Toshkent filiali talabalari uchun ham yangi imkoniyatlar yaratish, qolaversa, an'anaviy “Debyut” festivali uchun turli mavzu va janrdagi filmlar suratga olish kabi masalalar muhokama qilindi.