Samarqand shahridagi “Bogʻi Shamol Garden” majmuasida Mustaqilligimizning oʻttiz yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” qoʻshiqlar tanlovining ikkinchi bosqichi oʻtkazildi.
Yosh ijodkorlarni ragʻbatlantirish, Vatanni madh etuvchi yangi va zamonaviy musiqiy asarlarni izlab topish, ularni keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida, Madaniyat vazirligi huzuridagi Yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvalash va Axborot-multimedia markazi tomonidan tashkil etilgan qoʻshiqlar tanlovida koʻplab iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.
Tanlovga taqdim etilgan asarlar Oʻzbekiston xalq artistlari Mansur Toshmatov, Ramz Usmonov, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Toir Qoʻziyev, shuningdek, tajribali musiqashunos, kompozitor, hamda musiqiy sayqalchi tomonidan baholandi.
Shuningdek, tanlov ishtirokchilariga ustozlar tomonidan ijro uslubi, avj pardalarini olish, sahnani, tinglovchini his qilish borasida kerakli va muhim boʻlgan tavsiyalar berildi.