Ushbu haftalik doirasida AОКА tomonidan Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kollejida “Yosh madaniyat va san'at blogerlari”ni shakllantirish va tajribasini orttirish qaratilgan o'quv-seminari tashkil etildi. O'quv-seminari davomida tinglovchilarga “Bloger tushunchasi: huquq va majburiyatlari, inson huquqi, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish shartlari”, “O'zbekiston qonunchiligida axborot erkinligi, xolisligi va haqqoniyligi, shuningdek, jamiyat manfaatlari”, “Shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanishning tartibi va shartlari” mavzularida mashg'ulotlar olib borildi.
Mashg'ulotlar davomida Agentlik boshqarma boshlig'i Ma'murjon Parpiev, O'zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Olimjon O'sarovlar axborot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bugungi mediamakondagi o'zgarishlar, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sohadagi huquq va majburiyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.
Shu bilan birga, mashg'ulotda bugungi kun blogosferasi oldida turgan eng muhim masalalar, mavjud muammolar tahlil etilib, blogosferani yanada rivojlantirish, sifatli, foydali kontentlar soni va salmog'ini oshirish masalalari muhokama qilindi.