Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida tashkil etilgan sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati yakuniga etdi. Unda terma jamoamiz a'zolari  muvaffaqiyatli qatnashdi.  Polvonlarimiz bitta oltin va uchta bronza medallariga sazavor bo'lishdi.

Oltin medalni -65 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan erkin kurashchimiz Umidjon Jalolov qo'lga kiritgan bo'lsa, bronza medaliga yana bir erkin kurashchimiz Ja'far Chiliboev (-74 kg), shuningdek, yunon-rum kurashchilarimiz Samandar Bobonazarov (-77 kg) va Temurbek Nasimov (-125 kg)  ega chiqishdi.