Shahar zilzila episentriga aylanib qolgach hamyurtlarimiz Anqara shahriga ko‘chirildi. Shundan so‘ng ular Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtimizga qaytib keldi.

Istanbulda jamoaga qo‘shilgan O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Shurhat Mamadaliyev ularning yurtimizga yetib kelishida boshchilik qildi.

Musobaqaga yo‘l olgan 13 nafar delegatsiya a’zolarining (2 murabbiy, 1 hakam va 10 nafar sportchi) barchasi sog‘-salomat.

"O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchilarimizning Vatanimizga qaytishida katta yordam bergan O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasiga minnatdorchilik bildiradi", deyilgan xabarda.