Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasining maʼlum qilishicha, dunyoning 50 davlatidan 516 nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqada yosh sportchimiz ilk bor shohsupaga koʻtarildi.

Muhammad Kamolov yigitlar oʻrtasida 10 metr masofaga toʻpponchadan otish dasturida yaxshi natija koʻrsatib, kuchli uchlikdan joy oldi. Hamyurtimiz faqatgina hindistonlik sportchilardan pastroq natija qayd etdi.

Mazkur dasturda 70 sportchi saralash bosqichida bahslarga kirishgan edi. Final yoʻllanmasini esa  8 mergan qoʻlga kiritdi. Ular orasida Muhammad Kamolovdan tashqari yana bir vakilimiz – Veniamin Nikitin ham medallar uchun kurashdi. Afsuski, Nikitinga omad kulib boqmadi, u finalda sakkizinchi natijani qayd etdi.

Oʻq otish boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon kubogi:

Yigitlar, 10 metr, toʻpponcha:

1. Shiva Narval (Hindiston)

2. Sarabjot Singx (Hindiston)

3. Muhammad Kamolov (Oʻzbekiston) ...

8. Veniamin Nikitin (Oʻzbekiston).