Tadbir avvalida Milliy gvardiya qoʻmondoni buyrugʻi bilan bitiruvchilarga “Leytenant” harbiy unvonlari berilgani eʼlon qilindi hamda ularga diplom va koʻkrak nishonlari topshirildi. Soʻngra yosh leytenantlarning Universitet Jangovar bayrogʻi bilan xayrlashish va tantanali marsh marosimlari oʻtkazildi.
Shundan soʻng, soʻzga chiqqanlar yosh ofitserlarning kelgusidagi faoliyatlarida yuksak masʼuliyat, halollik va kamtarlik fazilatlarini namoyon etishlarini, ona Vatani, xalqi va Prezidentiga bir umr sodiq qolishlarini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Universitet kursantlarining koʻrgazmali chiqishlari ishtirokchilarga birday manzur boʻldi.
Yan ashuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, joriy oʻquv yilida universitetni 293 nafardan ziyod yosh mutaxassislar muvaffaqiyatli tamomladi.
Shulardan, 19 nafari oʻqishni, imtiyozli diplom bilan bitirishga muvaffaq boʻldi. Safda turgan yosh ofitserlarga oʻtgan davr mobaynida tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan mutaxassisliklar boʻyicha zamonaviy moddiy-texnik baza asosida taʼlim-tarbiya berildi.
Muassasada tahsil olish jarayonida boʻlajak ofitserlarning yuksak professional tayyorgarlikka, eng ilgʻor innovatsion bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlariga, xorijiy tillarni oʻrganishlariga alohida ahamiyat berildi. Natijada bitiruvchilarning harbiy bilim va koʻnikmalari yuksalish bilan birga, ularning qalbida vatanparvarlik, sadoqat va matonat tuygʻulari shakllandi.
Vatan himoyasiga otlangan ushbu mard va jasur oʻgʻlonlarga kelgusidagi xizmatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Eʼtibor SHIRAYEVA,
Milliy gvardiya Axborot xizmati boshligʻi oʻrinbosari,
katta leytenant