Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Farg'ona viloyat milliy gvardiya qo'riqlash boshqarmasi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda "Yosh Qutqaruvchi — 2021" musobaqasining respublika bosqichining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri A.Toshqulovning samimiy tabrigini etkazar ekan “Bugun har daqiqa, har soniyada texnogen holatlar ko'paymoqda, qutqaruvchilar xizmatiga ehtiyoj har doimgidan ham katta. Mana shuni bilib, his qilib shu kasbni tanlashga ishtiyoqi baland yoshlar-musobaqa ishtirokchilariga omad tilab qolamiz. Xalq duosini olib yurishdan charchamang” deydi vazir o'rinbosari Yu.Absoatov.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda insonlarni qutqarish bo'yicha ta'lim mussasasi o'quvchilarining amaliy ko'nikmalarini shakllantirish musobaqaning asosiy maqsadlaridan biridir.
“Yosh qutqaruvchi — 2021” musobaqasi Farg'ona viloyatidagi ochiq sport maydonlarida tashkil etilib, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 ta jamoaning 112 nafar professional ta'lim muassasalari o'quvchilari o'zaro 5 ta shart (1-shart “Savol javob” sharti, 2 shart “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish”, 3 shart “Arqon yordamida daryodan o'tib, palatka tiklash”, 4 shart “Jumar yordamida yuqoriga ko'tarilish” hamda 5 shart “Maxsus yong'in o'chirish va qutqaruvchilar estafetasi”) bo'yicha baxs olib bormoqda.
Mazkur musobaqalarning g'olib va sovrindorlari 29 may kuni aniqlanadi.