Unda ishtirok etgan yosh vakilimiz Alimardon Mahmudov bir yoʻla 3 ta yoʻnalishda gʻalaba qozondi.
Koʻplab xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olib kelayotgan yosh sportchimiz Alimardon Mahmudov 500, 333 va 222 metr masofalarga oʻtkazilgan dasturda barcha raqiblarini ortda qoldirib, mutlaq gʻolib boʻldi.
Musobaqada Rossiyaning turli hududlari va qoʻshni respublikalardan yosh short-trek ustalari bahs olib bordi.