Islombek Qutfiddinov 1991-yil 29-iyulda Namangan shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2011-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutining “iqtisodiyot” fakultetini tamomlagan, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Mutaxassisligi - iqtisodchi. Oilali, 2 nafar farzandi bor. 2017-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 2011-yilda Namangan shahridagi “Vodiy yogʻoch savdo” xususiy korxonasi direktor oʻrinbosarligidan boshlagan.

Hozirga qadar “Imron tekstil group” xususiy korxonasi direktori, “Yoshlar - kelajagimiz” jamgʻarmasi viloyat filiali rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Islombek Qutfiddinov Ilhom oʻgʻli Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevning 2021-yil 21-maydagi qarori bilan Yangi Namangan tumani hokimi oʻrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Orifjon JOʻRAYEV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.