Opera sanʼatini yanada yuksaltirish, mohir ijrochilarni kashf etish, milliy sanʼatimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish hamda ularning ijodini keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi joriy yilning 25-fevral 1-mart kunlari “Yosh vokal ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi qarori ijrosini taʼminlash hamda opera sanʼatini yanada yuksaltirish, mohir ijrochilarni kashf etish, opera sanʼati ijrochilarining mahorati, isteʼdodi va qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik koʻnikmalarini yanada rivojlantirish, opera sanʼati ijrochilarni yuksak darajaga koʻtarish, milliy sanʼatimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish hamda ularning ijodini keng targʻib qilish, opera sanʼati ijrochiligining ijro imkoniyatlarini oshirish va ularning oʻziga xos xususiyatlari bilan ommani tanishtirish maqsadida Madaniyat vazirligi tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda bolalar va sanʼat maktablari oʻqituvchilari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab internatlari, musiqa va sanʼat kollejlari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari, oʻqituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari (1-guruh 16-22 yosh, 2-guruh 22-32 yosh) ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar 2022-yil 22-fevralga qadar Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Tanlov gʻoliblari maxsus diplom, tegishli miqdorlarda pul mukofotlari hamda tanlovning Gran-pri va 1-oʻrin gʻoliblari (talabalardan tashqari) mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tegishli davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.