Maʼlum qilinishicha, maxsus qutqaruv operatsiyasida “Qalqama” mahallasida yashovchi 109-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Ozodbek Yoʻldoshev ham qatnashdi. Kichik qahramon qutqaruvchi akalari va maxsus asbob-anjomlar yordamida quduqning tor tuynugidan mardonavor oʻtib, bolakayni olib chiqdi.
Oʻz navbatida, yosh xaloskor qahramon - Ozodbekka vazirlik ulkan minnatdorlik bildirdi.
Oʻz vaqtida va tezkor olib borilgan qutqaruv operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanib, bolajon hayoti saqlab qolindi, ayni vaqtda bolakay shifokorlar nazoratida, ota-onasi bagʻrida.
“Aziz hamyurtlar, barchangizdan farzandlar hayoti va xavfsizligi uchun doimo ogoh va hushyor boʻlishni soʻraymiz”, deyiladi axborotda.