Shunday buyumlar borki, ular oʻzining gʻoyatda noyobligi bilan eʼtiborni tortadi. Ana shulardan biri — bu dunyodagi yagona qadimiy soʻgʻd yaktagi Malayziyada saqlanadi.
Matoning yashil, qizil, koʻk va oq-sariq ranglarini hozirgacha ajratsa boʻladi.
Libosning yenglarida tuyoqlari ostida hayot daraxti boʻlgan uchar otlar tasvirlangan.
Ajablanarlisi shundaki, Samarqandning Afrosiyob devorlarida xuddi shunday libosdagi odamlar tasviri topilgan.