Filialda ko'p fanlar bo'yicha chuqur fundamental bilim beriladi. SHu bois, mazkur oliy ta'lim muassasasi diplomini olgan bitiruvchilar qaerda ishlashidan qat'i nazar, har doim yuqori bilim darajasi, dunyoqarashi, voqea-hodisalarni chuqur tahlil qilish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bunda ta'lim dargohida o'tkazib kelinayotgan ilmiy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy va ijtimoiy-siyosiy tadbirlar muhim o'rin tutadi. Talabalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida o'z vaqtida xabardor qilinadi va ularni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etadi.

Tadbirda ko'rib chiqilgan masalalarning ahamiyati shundan iboratki, haqiqatan ham, keyingi vaqtda mamlakatimizda har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar o'z natijasini bermoqda. Biz so'nggi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi — ulkan o'zgarishlar va yutuqlar bosqichiga qadam qo'ydik. O'zbekistonda uyg'onish davri — Uchinchi Renessansning yangi poydevori qo'yilmoqda.

Tadbirda yig'ilganlar ta'kidlashicha, YAngi O'zbekiston jahonda o'zining munosib o'rniga ega, qudratli va obod davlat bo'lishi lozim. Ilm cho'qqilarini egallab, malakali kadr bo'lib etishgan va mamlakatimiz kelajagi ravnaqiga o'zining munosib hissasini qo'sha oladigan bilimli yoshlar O'zbekistonda Uchinchi Renessans davriga poydevor qo'yishda muhim o'rin tutadi.