Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi “Shalola Nazirqulova” fermer xoʻjaligida boʻlib oʻtgan koʻrgazmali seminar-yigʻilish yoshlar bandligi masalasiga bagʻishlandi. Unda respublika ishchi guruhi aʼzolari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari A. Usmonov, «Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi raisi oʻrinbosari X. Ochilov ishtirok etdi.

Bandlikni taʼminlashda dehqonchilik eng asosiy omillardan biri sanaladi. Yoshlar uchun yer ajratish masalasiga bagʻishlangan seminar-yigʻilishga, asosan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yigit-qizlar, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va bank vakillari taklif etildi.

Tuman hokimi R. Joʻrayev yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash mexanizmi, uning maqsad va vazifalari, bu borada tumanda olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha maʼlumot va tushuntirish berdi. Yangi mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi 10 nafar ishsiz yoshga yer ajratilgani maʼlum qilindi, undan samarali foydalanish, xususan, tut koʻchatlari ekish borasida tavsiyalar berildi.

Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi

matbuot xizmati