Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryoga tashrifi davomida hududda yoshlarning innovatsion gʻoyalarini amaliyotga joriy etish maqsadida tumandagi “Yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasi”da “Yashnobod” innovatsion texnoparkiningbiznes inkubatorini tashkil etish belgilangan edi.
Shu sababli seminar-treningda Surxondaryo viloyati oliy taʼlim muassasalari, ayniqsa, Oltinsoy innovatsion hududida yoshlarni biznesga oʻrgatish, uni qanday boshlash, biznes inkubator haqida umumiy tushunchalar berib borildi.
Uch oy davom etadigan dastur qatnashchilari oʻz ilmiy gʻoyalarini startapga aylantirish va hayotga tatbiq qilish, investorlar bilan ishlash boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etadi.
Dastur marketing boshqaruvi, moliyaviy boshqaruv, biznes operatsiyalar, raqamlashtirish va elektron platformalardan samarali foydalanish, huquqiy savodxonlik va soliqqa oid mavzularni oʻz ichiga oladi.
Dastur soʻngida demo kun tadbiri oʻtkaziladi. Unda ishtirokchilar oʻz loyihalari hamda biznes rejalarini investorlarga taqdim qiladilar.