“Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari oʻzlashtirilgani yuzasidan bayonot berildi

    Xavfsizlik 3 Mart 2021 1134

    Toshkent viloyati prokuraturasi “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasida oʻzlashtirilgan mablagʻlar yuzasidan bayonot berdi.

    Bayonotda taʼkidlanishicha, Zangiota tumani “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi sobiq bosh hisobchisi A.U. oʻzining taʼsischiligida oilaviy korxonasiga turmush oʻrtogʻini rahbar sifatida tayinlab, “Yoshlar-kelajagimiz” tuman jamgʻarmasi rahbari va AT “Xalq banki” Zangiota filiali mansabdor shaxslari bilan oʻzaro oldindan jinoiy til biriktirgan.

    1 dona “Isuzi”, 1 dona “Damas” avtomashinalarini olish uchun 320 mln soʻm hamda 1 dona “Damas” va qolipli non pishirish pechkalarini sotib olish uchun 80 mln soʻm, jami 400 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini olishga erishgan. 11 nafar yoshlarni ish bilan taminlamasdan, kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan.

    Tuman “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi rahbari A.T. tanishlari nomiga oilaviy korxonalar tashkil qilib, ularning har biriga parrandachilik uchun 20 mln soʻmdan kredit mablagʻlari ajratilishiga erishib, goʻyoki tovuqlar oʻlganligini roʻkach qilib kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan.