Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 29 Iyun 2022 5888

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Mamlakatimizda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlansin:

    Matmuratov Gulomjon Gafurovich - Xo‘jayli tumanidagi «G‘afur-G‘ulom chorva» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Oteshova Gulayim Begim kizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Odiljonova Sarvinoz Azizbek qizi - Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati

    Ortiqxojiyev Omatilloxon Xusniddin o‘g‘li - Asaka tumanidagi «Zamon mirishkorlari» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

    Atoyeva Vazirabonu Alisherovna - «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi a’zosi, kashtado‘z

    Xamdamova Shamshoda Saidaxmat qizi - Buxoro shahridagi 24-ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi targ‘ibotchisi, Buxoro viloyati

    Turakulov Sardorjon Yorqin o‘g‘li - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali kardiojarrohi, Jizzax viloyati

    Ergasheva Dilchehra Urolboy qizi - Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» qo‘shma korxonasi «John Deere» kombayni operatori, Jizzax viloyati

    Qahorova Zabarjad Abdurasul qizi -Respublika «Qizlar ovozi» klubining Mirishkor tumani bo‘limi rahbari, Qashqadaryo viloyati

    Tursunov Adham Asomiddin o‘g‘li - «Uzbekistan GTL» mas’uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi smena muhandisi, Qashqadaryo viloyati

    Quvondiqov Ulug‘bek G‘ayrat o‘g‘li - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Gidrometallurgiya zavodi sianlash va sorbsiya sexi boshlig‘i, Navoiy viloyati

    Sharipova Mahliyo Esan qizi - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid ishlab chiqarish, kaustik soda va metanol majmuasi sex smena muhandisi, Navoiy viloyati

    Isaqova Moxidil Xusanboy qizi - Uychi tumanidagi «Asmus Gold Mega Textile» ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Namangan viloyati

    Raximjanov Dostonbek Ulug‘bek o‘g‘li - Namangan shahridagi «Innovation Language Centre» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Namangan viloyati

    Omonova Nilufar Jo‘rabek qizi - Samarqand shahridagi «MIT IT academy» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

    Temurov Anvar Ibodullo o‘g‘li - Urgut tumanidagi «Sam-Negin» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

    Anvarov Oybek To‘lqinjonovich - «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki direksiyasi – IT Park» mas’uliyati cheklangan jamiyatining Sirdaryo viloyati filiali boshlig‘i

    Bo‘ronova Dilsora Sharifjon qizi - Xovos tumanidagi «Textile Fashion» mas’uliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi ustasi, Sirdaryo viloyati

    Sobirova Nazokat Rashid qizi - «Hunarmand» uyushmasining Boysun tumani bo‘limi a’zosi, gilamdo‘z, Surxondaryo viloyati

    Xushboq Ulug‘bek Baxrom o‘g‘li - Qiziriq tumanidagi «Janub tongi diyori» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

    Maxsimova Risolat Qosimjon qizi - Parkent tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi, Toshkent viloyati

    Tursunboyeva Zuhra Botir qizi - Bo‘stonliq tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabining akademik xonandalik bo‘yicha o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

    Adxambekova Shabnam Yovsinzoda - So‘x tumanidagi «Happy kids academy» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari, Farg‘ona viloyati

    Ubaydullayeva Zarnigor Hasanboy qizi - O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi axborot va media xizmati bo‘yicha mutaxassisi

    Allaberganova Shahnoza Allabergan qizi - Urganch davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Xorazm viloyati

    Matkarimov Raxmatjon Jumanazarovich - Hazorasp tumanidagi «Nur Muhammad Islom obod» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

    Ruzmuxamedova Xodjiya Shokir qizi - Olmazor tumanidagi 102-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining eshitish idroki fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

    Umurzakov Islom Ilxom o‘g‘li - Toshkent shahridagi «Yosh maqomchilar» ansambli badiiy rahbari

    Abdikarimov Kanat Alimjanovich - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining PR-markazi yetakchi mutaxassisi

    Avazova Sevinch Pulat qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi

    Amirov Elmurod Mansuriddin o‘g‘li - Geologiya fanlari universitetining Geologiya va geofizika instituti mineralogiya laboratoriyasi boshlig‘i

    Bo‘taxonov Ziyodulla Zoyirjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassisi

    G‘ulomov Axmadjon Shavkat o‘g‘li - «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Uchuvchilar xizmati departamenti A-320 havo kemasi komandiri

    Dadaboyev Dilshod Abdujalil o‘g‘li - Ijtimoiy tarmoqlardagi «Uzbekistan official» sahifalari administratori, bloger

    Yevstafeyev Yevgeniy Aleksandrovich - I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali 4-bosqich talabasi

    Jaloliddinov Jasurbek Jamshid o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) sardori

    Iminoxunov Nuruddin Abduqahhorovich - «EPAM Systems» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mahsulotlar menejeri

    Nematzoda Firdavs Nematovich - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

    Norchayev Xusain To‘raqul o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a’zosi

    Ruziyev Bekzod Dilmurodovich - «Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyatining me’mor-qurilish bo‘limi loyihalar bosh muhandisi

    Safarov Akmal Umar o‘g‘li - O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining yosh ijodkorlar bilan ishlash sho‘’basi bosh mutaxassisi

    Turg‘unboyev Shaxzod Nodir o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakili

    Xasanova Yoqutxon Baxodirjon qizi - M.Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli raqqosasi

    Xodjayeva Shaxlo Murodovna - Amerika Qo‘shma Shtatlarining «Amazon» kompaniyasi biznes tahlil bo‘yicha muhandisi

    Erkinov Hojimat Botir o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a’zosi