баннер
28 Apr 2025
03:33

    Yoshlar parlamenti raisi oʻzgardi

    Mamlakatimizda 9 May 2022 3625

    Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Yoshlar parlamenti tarkibini yangilash, uning raisi masalasi muhokama etildi.

    Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti raisligiga Toʻxtamurodov Behzod Toir oʻgʻli nomzodi koʻrib chiqilib, koʻpchilikning ovozi bilan maʼqullandi.

    Behzod Toʻxtamurodov 1996-yil 2-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy. Rus va ingliz tillarida erkin soʻzlasha oladi.

    Bugungi kunda Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, u xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati hisoblanadi.

    2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech