Yakkabog' tumanidagi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari Shahrisabz shahrini ziyorat qildilar. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
100 nafardan ortiq yoshlar jalb etilgan ziyoratdan Shahrisabz shahrining ko'hna obidalari, shuningdek, vatanimiz tarixida o'chmas iz qoldirgan qadamjolar bilan ularni tanishtirish hamda ichki turizmni rivojlantirishdan iborat bo'ldi.
Kelajakda bu kabi tadbirlar davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.