Nizomga koʻra, Jamgʻarma Yoshlar ishlari agentligining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan byudjetdan tashqari jamgʻarmasi hisoblanadi.
Jamgʻarma mablagʻlari, jumladan, quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
▪️ yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
▪️ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlar boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining 50 foizi (biroq BHMning 5 baravarigacha) hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
▪️ xalqaro imtihon tizimlari (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT va boshqalar) boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish;
▪️ yoshlarga oid dasturlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa tadbirlar uchun nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shu jumladan, OAVlarga ijtimoiy buyurtma ajratish;
▪️ “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida oʻqish xarajatlarini (BHMning 4 baravarigacha) mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga kompensatsiya sifatida qoplab berish.