Avval xabar berganimizdek, ikki kunlik bahslar yakunida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 16 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallagan edi.

Kechadan Bangkok tatamilarida yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Ilk kungi bellashuvlarda Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiyligidagi oʻzbekistonlik dzyudochilar 6 ta medalni qoʻlga kiritdi. Eʼtiborli jihati, yosh sportchilarimiz qoʻlga kiritgan meddallarning yarmi oltin!

Shohsupaga koʻtarilgan yoshlarimiz:

Oltin medal:

- 48 kg: Halimajon Qurbonova,

- 66 kg: Azizbek Ortiqov,

- 57 kg: Shukurjon Aminova.

Bronza medal:

- 52 kg: Umida Jumaniyozova,

- 63 kg: Farangiz Rejepova,

- 73 kg: Hojiakbar Toshev.