Qaror bilan 2023-2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish kontseptsiyasi hamda uni amalga oshirish boʼyicha “yoʼl xaritasi” tasdiqlandi.

Kontseptsiyada belgilangan tadbirlar 5 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich (3–7 yosh);

2-bosqich (7–10 yosh);

3-bosqich (11–17 yosh);

4-bosqich (18–21 yosh);

5-bosqich (22–30 yosh).

Qarorga koʼra, jumladan, quyidagilar amalga oshiriladi:

-mahallalardagi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qoʼllab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koʼrsatish maqsadida “Ezgu amal” saxovat karvonlari tashkil etiladi;

- “Аmir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” harbiy-sport musobaqalari oʼtkaziladi;

- Yoshlar oʼrtasida 4 bosqichda (mahalla – tuman – viloyat – respublika) “Shunqorlar” hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari oʼtkaziladi.