Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur korxona Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻgʻrisida”gi 2021-yil 7-apreldagi PQ–5060-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining 2021-yil 24-maydagi 86a-son buyrugʻiga asosan “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” davlat unitar korxonasi negizida tashkil etilgan.

Uning asosiy vazifalari asosan yosh kinoijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, debyutant kinematografistlarning ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6202 sonli Farmoni hamda PQ–5060 sonli Qaroriga muvofiq, endilikda “Yoshlik kinostudiyasi” toʻliq va qisqa metrajli badiiy filmlar bilan birga animatsion filmlar ham ishlab chiqaradi.

“Yoshlik kinostudiyasi”ning faoliyati agentlik tomonidan nazorat qilinadi.