Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashrifi doirasida, Namangan shahrining “Bunyodkor” mahallasi hududini obodonlashtirish, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash, ichki yo'llarni ta'mirlash, irrigatsiya tadbirlari uchun suv etkazib berish, aholi bandligini ta'minlash, tomorqalardan samarali foydalanish kabi masalalarni hal qilish borasida topshiriq berilgan edi.
Topshirig'ga asosan YAngiqo'rg'on tumanining “Buloqboshi” qishlog'idagi er osti suv manbaalaridan foydalangan holda, mahalla aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilib, keng ko'lamli qurilish-montaj ishlari olib borildi.
Natijada, “Buloqboshi” suv olish inshootida 8 ta tik quduqlar qazilib, “Yoshlik” suv taqsimlash inshootigacha jami 22,1 km D-700 mm diametri quvurlar montaj qilindi.
“Yoshlik” suv taqsimlash inshootida esa 2 ta har birining xajmi 5000 m3 bo'lgan toza ichimlik suvni saqlash xovuzlari qurildi.
“Yoshlik” suv inshootidan “Mustaqillik” inshootigacha
9 km uzunligida diametri D-500 mm bo'lgan asosiy tarmoq tortilib, “Bunyodkor” va “Sahovat” mahallalaridagi 3,3 mingdan ortiq xonadonlarni ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida, jami 202,9 km ichki tarmoqlar tushirildi va aholi xonadonlarining kirish qismlariga suv hisoblagichlar o'rnatish orqali suv tarmoqlariga ulandi.
Bugungi kunda, mazkur loyiha doirasida, nafaqat “Bunyodkor” va “Sahovat” mahallarida istiqomad qiluvchi 16 ming nafardan ortiq aholi qolaversa, “Yangi Namangan” tumanining “Mustaqillik 5 yilligi”, “Yoshlik”, “Axsikent”, “Mehnatobod”, “Mingterak”, “Tinchlik” va “Oromgoh” mahallalaridagi 43 ming ortiq aholi ham toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.