Joriy yil 24-oktyabr kuni mamlakatimizda bo'lib o'tadigan muhim siyosiy jarayon — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 7 449 686 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 837 952 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir, deb yozdi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev o'zining rasmiy telegram kanalida.

Ana shu jarayonda yoshlarning siyosiy bilimi, huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi. Ushbu platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur ma'lumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin.

Eng muhimi, yoshlarning saylovda to'g'ridan-to'g'ri jarayonni kuzatishlari, xorijiy ekspertlar va vakillar bilan birgalikda tajriba orttirishlariga juda yaxshi imkoniyat bor. Ayniqsa, bu xorijiy tillarni bilgan yoshlarimizga zo'r tajriba maydoni bo'ladi. Buning uchun saytdan ro'yxatdan o'tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni yaratilgan.