Germaniyaning ayrim qismlari issiq yoz kutilayotgani sababli suvni tejashga majbur bo'lishlarini aytishdi.
Xususan, Altmark va Zalsland tumanlarida kunduzi bog'lar va maysazorlarni quduq suvi vositasida sug'orish, sport infratuzilmasi uchun suv olish masalasida allaqachon cheklovlar joriy qilingan. Saksoniya-Anxalt yaqin kelajakda cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda.
Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeridagi Emmerix shahrida rasmiylar mahalliy aholidan bog'larni sug'ormaslik, basseynlarni to'ldirmaslik va mashinalarni o'zlari yuvmasliklari so'ralgan.
Berlin ham tejamkorlikni istisno qilmaydi, biroq hozircha ular hech qanday cheklovlar joriy etishni boshlamagan.
Germaniya Federal hukumati joriy yilning mart oyida suv resurslaridan foydalanish bo'yicha Milliy strategiyani tasdiqlagan bo'lib, uning maqsadi aholi va biznesning ehtiyojlari uchun ichimlik suvi ta'minotini ta'minlash hamda yer osti suvlari va ekotizimlarni muhofaza qilishdan iborat. Shu tariqa Germaniya iqlim o'zgarishiga moslashish niyatida, deb xabar beradi korrespondent.net.