esingizda bo'lsa, 2020 yilning 30 oktyabr` kuni Prezident SHavkat Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tgandi. O'shanda davlat rahbari: “Biz bugun maktablarimizda farzandlarimizga ta'lim va tarbiya berish bilan bir qatorda ularga ma'rifat va ma'naviyatni ham chuqur o'rgatmog'imiz zarur. Bu borada joylarda yashab ijod qilayotgan hurmatli shoir va yozuvchilarimizni keng jalb qilishimiz, ularning ijod va iste'dodlaridan unumli foydalanishimiz lozim”, degan edi. Har bitta maktabda bittadan shtat ochilishi, ularga ijodkor yozuvchilar ishga olinishi va oylik to'lanishi aytildi.
O'shanda berilgan va'da endilikda hujjatlashtirildi. Keyingi yil boshidan boshlab bu amaliyotga joriy qilinadi. YAnada aniqroq aytaman. 2020 yilning 6 noyabr` kuni Prezidentning “O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonni imzolandi. Unga ko'ra 2021 yil 1 yanvardan boshlab har bir umumta'lim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi lavozimi joriy etiladi.
Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi lavozimiga O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlar, oliy ta'lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o'qituvchilari jalb qilinadi.
Ushbu lavozimiga tayinlangan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlarning mehnatiga – umumta'lim muassasalaridagi “YOshlar etakchisi” lavozimining 0,25 shtat birligi hisobidan oylik beriladi. Oliy ta'lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o'qituvchilarining mehnatiga esa – mazkur oliy ta'lim muassasalarning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan haq to'lanadi.
Tabiiy savol tug'iladi. Maktablarga jalb qilingan ijodkorlarning vazifalari nimalardan iborat bo'ladi? Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilar yosh avlodni ma'nan barkamol etib tarbiyalash, maktab o'qituvchilari va faol o'quvchilarining ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka etkazishga ko'maklashish, turli xildagi viktorinalar, mushoiralar, adabiy kechalar, qiziqarli darslar, kitobxonlik va she'rxonlik musobaqalarini tashkil etadi, maktab o'qituvchilari va faol o'quvchilarni jalb etib, gazetalar chop etishi yoki o'quv maskanlarining elektron saytida maktab hayotidan qiziqarli maqolalar chiqarib boradi.
Ijodkorlarni maktablarga biriktirish va ularga shart-sharoit yaratishni shaxsan tuman va shahar hokimlarining o'zlari nazoratga oladi. O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi bu ishlarni tashkillashtirishga amaliy yordam beradi.
Ayni kunlarda O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi va Xalq ta'limi vazirligi o'rtasida bu haqdagi alohida qo'shma qaror tayyorlanmoqda. Ijodkorlar, professor va o'qituvchilarning maktablarga borib qanday vazifalarni bajarishiga oid metodik qo'llanmalar chiqariladi.
Prezident 30 oktyabrdagi videoselektrda: “Juda katta yozuvchilar armiyamiz bor. Ijobiy natijani beradi bular. Men bunga ishonaman”, degan edi.
Yаna sanoqli kunlardan so'ng yozuvchi-shoirlar, professor va o'qituvchilar maktablarga qarab jo'naydi. Ularga qo'shilib bilim maskanlariga kitoblar kirib boradi. Ma'naviyat, ma'rifat kirib boradi. YAngi nur, yangi ziyo kirib boradi. Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilar O'zbekiston kelajagini o'qitishga, tarbiyalashga hissa qo'shadi. Bu esa ertaga o'z natijasini berishiga, ta'lim tizimi bukilgan qaddini ko'tarishiga ishonaman.
Fozil Farhod, O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi a'zosi