26-sentabr kuni Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari 2025-yildagi ishtirokchilari oʻrtasida eʼlon qilingan Jizzax viloyati hokimligi tashabbusi va homiyligida oʻtkazilgan “Zomin ilhomlari” ijodiy ishlar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi va shu nomdagi kitob taqdimoti boʻlib o'tdi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jizzax viloyati hokimligining 2025-yil 25-iyuldagi Qoʻshma Qaroriga asosan, Respublika Zomin seminarining 2025-yildagi ishtirokchilari oʻrtasida eʼlon qilingan “Zomin ilhomlari” tanloviga ijodiy ishlar 20 kun davomida qabul qilindi.
80 nafar yosh ijodkordan kelib tushgan 216 ijodiy ish hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan oʻrganib chiqildi va ballar miqdoriga koʻra natijalar qayd etildi.
Shuningdek, taqdirlash davomida eng yaxshi ijodiy ishlar asosida nashrga tayyorlangan “Zomin ilhomlari” toʻplamining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Kitobdan yosh ijodkorlarning sheʼrlari, maqolalari, dramatik asarlari, ertag-u hikoyalari joy olgan.
1-oʻrinni egallagan 3 nafar ishtirokchining har biriga:
10 million soʻmdan (jami 30 million soʻm).
2-oʻrinni egallagan 4 nafar ishtirokchining har biriga:
8 million soʻmdan (jami 32 million soʻm).
3-oʻrinni egallagan 5 nafar ishtirokchining har biriga:
5 million soʻmdan (jami 25 million soʻm).
Yuqori natija koʻrsatgan 8 nafar ishtirokchining har biriga 2 million
soʻmdan (jami 16 million soʻm) mablagʻ taqsimlandi.










