Toshkent viloyati IIBB YHXB 1-mintaqaviy hudud YPX 1-otryadi YPX inspektori, safdor F.Tosheva ham bu xabarni olib, sinchkovlikni oshirdi. Yoʻldan oʻtayotgan transport vositalarini kuzatib, shubhali tuyulganlarini toʻxtatib tekshira boshladi. Oʻzini “qoʻlga tushmas” ekanligiga ishongan gumonlanuvchi olib qochilgan avtomobilda xotirjam Chirchiq shahridan oʻtar ekan, inspektorning chalgan hushtagi “kapalagini” uchirib yubordi. U bir zumgina dovdirab nima qilishni, qayerga qochishni bilmay qoldi. YPX inspektori F.Tosheva uchun ana shu qisqa lahzalar kifoya qildi. U hamkasbi, safdor S.Umarovni yordamga chaqirdi. Birgalikda olib qochilgan transport vositasini va gumondorni qoʻlga tushirishdi. Gumondor va transport vositasi shahar IIBga olib borib topshirildi. Endilikda gumondor oʻz qilmishiga yarasha qonun oldida javob beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati.