Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tuman sudining hukmi bilan 1980-yilda tugʻilgan cudlanuvchi JKning 137-moddasi (odam oʻgʻrilash) 2-qismining “b, v” bandlari, 28,164-moddasi (bosqinchilikda tashkilotchi) 2-qismining “a, b, v” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismining “a” bandi, 28,267-moddasi (transport vositasini olib qochishda tashkilotchi) 2-qismining “b, v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi va 15 yil ozodlikdan mahrum qilindi.
Qolgan uch nafar sudlanuvchilar “odam oʻgʻrilash”, “bosqinchilik”, “tovlamachilik”, “transport vositasini olib qochish” jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.
1997-yilda tugʻilgan cudlanuvchiga 13 yil 6 oy, va 1981-yilda tugʻilgan sudlanuvchiga 13 yil 9 oy, 1994-yilda tugʻilgan cudlanuvchiga esa 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sudlanuvilardan solidar tartibda jabrlanuvchi foydasiga 437 139 548 soʻm undirilishi belgilandi.