Vazirlar Mahkamasining 25.03.2023-yildagi 131-son qarori bilan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (2018-yil 1-dekabrdagi 975-son VMQ qarori bilan tasdiqlangan).
Xususan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:
- transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
- narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi aniqlangan hollarda yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar algoritmi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 28.03.2023-yildan kuchga kirdi.